Telefonlarimiz tinimsiz ravishda yurakni ezuvchi yangiliklardan signal berib turadi.
Urush. Qurg‘oqchilik. Toshqinlar. Ochlik.
Har kuni dunyoning turli burchaklaridagi bolalar uchun yangi bir inqiroz boshlanadi: Yaman, G‘azo, Afg‘oniston, Ukraina, Suriya, Janubiy Sudan, Kongo Demokratik Respublikasi, Gaiti va yana ko‘plab joylar.
Bu bolalarning boshpana bo’ladigan uylari yo‘q, yeyishga ovqatlari yo‘q, borishga maktablari yo‘q, kasal bo‘lganda davolaydiganshifokorlari yo‘q.
Bu — inqirozdagi bolalarning achchiq haqiqatidir.
Lekin yangiliklar mazmuni o‘zgaradi, kameralar boshqa tomonga yuzlanadi, va dunyo e’tibori boshqa yo‘nalishga qaratiladi .
Bu bolalar esa inqiroz ichida qolaveradi.
UNICEF esa qoladi.
Bu bolalarga hayotni saqlab qoladigan yordam va mehr berish uchun hamda zarur xizmatlarni ko’rsatish uchun
Ikki yoshli Yozon og‘ir to‘yib ovqatlanmaslikdan aziyat chekmoqda va G‘azo shahridagi Shati (Sohil) qochqinlar lagerida yashaydi. Onasi Naima shunday deydi: «Biz ikki oydan beri un ham, boshqa hech qanday yordam ham olmadik». Yozon yirtilgan ko‘pik bo‘lagida o‘tiribdi, charchoqdan ko‘zlari yarim yumilgan, oriq tanasi esa keskin ochlik belgilarini yaqqol ko‘rsatmoqda. G‘azo sektoridagi bolalar orasida to‘yib ovqatlanmaslik tez tarqalmoqda, G‘azo shahrida ko‘rsatkichlar fevral oyidan beri to‘rt barobar oshdi.
Bir yildan ortiq vaqt davomida G‘azodagi bolalar tasavvur qilib bo‘lmaydigan qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda — majburiy ko‘chish, ochlik, qo‘rquv va azob-uqubatlar. Endi esa zo‘ravonlik yana kuchayib borar ekan, ularning hayotiy muhim yordamga bo‘lgan ehtiyoji har qachongidan ham ortib bormoqda.
UNICEF Falastin davlatidagi bolalarni himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni davom ettirmoqda. Biz suv ta’minoti tizimlarini tiklamoqdamiz, ruhiy salomatlik bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazmoqdamiz, o‘quv markazlarini tashkil etmoqdamiz hamda insonparvarlik yordami yetib borishini va zo‘ravonlikka barham berilishini tinimsiz talab qilmoqdamiz. Ammo zarur vositalar tugab borayotgani va xavfsiz kirish imkoniyati keskin cheklangani sababli, har kuni tobora ko‘proq bolalar xavf ostida qolmoqda.
Sizning yordamingiz hayotlarni saqlab qoluvchi sa’y-harakatlarni davom ettirish uchun juda zarur.
Livanda kuchayib borayotgan zo‘ravonlik ichida qolgan bolalar
So‘nggi keskinlashuvdan so‘ng UNICEF Livanda muhim yordam va qo‘llab-quvvatlashni yetkazmoqda.
Livan bo‘ylab zo‘ravonlik kuchayib borar ekan, bolalar va oilalar yana eng og‘ir oqibatlarni boshdan kechirmoqda. Davom etayotgan havo hujumlari va turli hududlardagi quruqlikdagi to‘qnashuvlar 1,1 milliondan ortiq odamni — ularning qariyb 390 000 nafari bolalar — o‘z uylarini tark etishga majbur qildi, ko‘pincha tayyorgarlik ko‘rishga yoki zarur buyumlarini olishga ham vaqt bo‘lmay qolmoqda. Yuzlab boshpanalar, ularning ko‘pchiligi davlat maktablarida joylashgan, allaqachon to‘lib ketgan va oilalar asosiy ehtiyojlar, tibbiy yordam, toza suv hamda psixologik-ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj. 1 268 dan ortiq inson halok bo‘lgan va minglab odamlar, jumladan ko‘plab bolalar jarohatlangan bu inqiroz allaqachon yillar davom etgan beqarorlik ustiga kelib tushmoqda.
Javoban UNICEF milliy hokimiyatlar va hamkorlar bilan birgalikda hayotiy muhim yordamni kengaytirmoqda — zarur vositalarni yetkazib bermoqda, tibbiy xizmatlarga, toza suv va sanitariya tizimlariga kirishni ta’minlamoqda hamda bolalarning ta’lim va himoyaga bo‘lgan huquqi davom etishini qo‘llab-quvvatlamoqda.
Ulkan qiyinchiliklarga qaramay, UNICEF ushbu favqulodda vaziyatda yordamga muhtoj har bir bola va oilaga zarur parvarish va qo‘llab-quvvatlashni yetkazishga sodiq qolmoqda.
Nega sizning yordamingiz muhim?
Inqirozlar turli shakllarda yuzaga keladi — urushlar, toshqinlar, ochlik, qurg‘oqchilik, zilzilalar — lekin ularning barchasi bir umumiy jihatga ega: bolalar hayotiga halokatli ta’sir ko‘rsatadi.
Sizning xayriyangiz bizning ishimiz uchun hayotiy ahamiyatga ega. Sizning muntazam yordamingiz tufayli biz har qanday inqiroz boshlangan zahoti, dunyoning istalgan nuqtasida tezda javob qaytara olamiz.
Bu nafaqat tez yordam, tibbiy yordam, xavfsiz ichimlik suvi va hayotni saqlab qoluvchi oziq-ovqat bilan ta’minlash imkonini beradi, balki buzilgan hayotlarni qayta tiklash uchun uzluksiz yordamni rejalashtirish va yetkazish imkonini ham yaratadi.
Suvni tozalovchi tabletkalar
minglab bolalar va oilalar uchun toza va xavfsiz ichimlik suvini ta’minlash
To‘yib ovqatlanmayotgan bolalar uchun hayotni saqlab qoladigan davolovchi ozuqa va zaruriy vositalar
Favqulodda zarur bo’ladigan oilaviy to‘plam — inqirozdagi ikki oilaning qadr-qimmatini saqlaydigan, ular uchun zarur bo’lgan vositalar
"Qutidagi maktab” to‘plami 40 nafar bolaga ta’lim va umid olib keladi, hatto falokatdan keyin ham ularning kelajagini qayta qurishga yordam beradi.
Inqirozdagi bolalarga zarur vositalarni yetkazishga ko‘maklashish uchun hozir xayriya qiling.
Siz qolganingizda inqiroz oldida bolalar bilan birga ekaningizni ko‘rsatasiz.
Siz ularga yolg‘iz emasliklarini, unutilmaganliklarini va ularning qadri borligini aytyapsiz.
Bolalar inqirozdan chiqquniga qadar ular bilan birga bo‘lganingiz uchun tashakkur.